Joriy yilning 20 noyabrdan 14 dekabrga qadar Toshkent shahrida jami ochilgan jinoyatlar soni 461 tani tashkil etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lumotiga asoslanib, “Repost.uz” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida fohishalik bilan shug`ullanuvchi jami 191 nafar ayol qo`lga olingan. Shundan 180 nafar ayol boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga kelib, fohishalik bilan shug`ullangani aniqlangan.
Shuningdek, mazkur davr oralig`ida 25 ta fohishaxona saqlash va qo`shmachilik qilish holati aniqlangan. Hozirda «Tozalash-Antiterror» ishlari faol davom ettirilmoqda.