my5
Sevimli

TO`RTKO`L TUMANIGA NE`MATULLA XUDAYBERGENOV HOKIM BO`LDI

Siyosat 18.12.2017, 11:53
TO`RTKO`L TUMANIGA NE`MATULLA XUDAYBERGENOV HOKIM BO`LDI

Qoraqalpog`istonning To`rtko`l tumaniga Ne`matulla Matkarimovich Xudaybergenov hokim etib tayinlandi. Yakshanba kuni To`rtko`lda bo`lib o`tgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masalalar ko`rib chiqildi, deya xabar qildi tuman hokimiyati vakili «Gazeta.uz"ga.

Ne`matulla Xudaybergenov 1952 yilda TO`rtko`lda tug`ilgan. 1974 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (1991 yil), «Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan iqtisodchi» unvoniga ega, «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Qoraqalpog`iston Joqorg`i Kenesi deputati, O`zLiDeP partiyasi a`zosi. 1999−2004 yillarda O`zbekiston Oliy Majlis deputati bo`lgan.

Шарҳлар