AsosiyJinoyat

BOYSUNDA O`Z UYIDA MARIXUANA SAQLAGAN AYoL QO`LGA TUShDI

'BOYSUNDA O`Z UYIDA MARIXUANA SAQLAGAN AYoL QO`LGA TUShDI'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Yuqori Machay qishlog`ida yashovchi J.X. 61 yoshida. U ayol degan muqaddas nomiga isnod keltirdi. Jinoyatga qo`l urib, mahalladoshlari yuzini erga qaratdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan uning uyi ko`zdan kechirilganda, qo`shimcha xo`jalik binosida to`rt gugurt qutisiga joylangan sof vazni 10,27 gramm marixuana giyohvandlik moddasini qonunga zid saqlab kelayotgani aniqlandi. J.Xga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar