Му5
46

“MEHNAT FAXRIYSI” KO`KRAK NIShONI BILAN FAQAT AYoLLAR TAQDIRLANADIMI?

Erkin minbar 23.12.2017, 11:32
12809
“MEHNAT FAXRIYSI” KO`KRAK NIShONI BILAN FAQAT AYoLLAR TAQDIRLANADIMI?

«Mehnat faxriysi» ko`krak nishoni bilan taqdirlash haqidagi qarordan keyin 48 yillik faoliyatimni hisobga olgan holda o`zim ishlagan “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh idorasiga samarali mehnatlarimni hisobga olgan holda ushbu ko`krak nishoni uchun meni ham tavsiya etishlarini so`rab murojaat qildim. Idora Bosh direktor muovini Sh.Xolimbetovningjavob xatida ushbu ko`krak nishonifaqat ayollar - onalarni munosib taqdirlashga qaratilgani bois,murajaatimni qoniqtira olmasliklari ta`kidlangan. Ushbu idora mas`ullarining savodsizligi meni ko`krak nishoniga tavsiya etilishimga g`ov bo`la oladimi?

T.Kutlmuratov, Nukus shahri

Ushbu holatni Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari S.Nagmetov qanday izohlaydi?

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Nukus shahrida yashovchi fuqaro T.Kutlmuratovning murojaatini o`rganish natijasida, "Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan fuqaro T.Kutlmuratovga "Mehnat faxriysi" ko`krak nishoni bilan taqdirlash to`g`risidagi murojaatiga noto`g`ri javob berilganligi aniqlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi "Mehnat faxriysi" ko`krak nishonini ta`sis etish to`g`risida"gi PK-3133-sonli qarorini to`liq o`rganmasdan qarorning mazmun-mohiyatini tushinmasdan T.Qutlmuratovga noto`g`ri javob tayyorlaganligi uchun "Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ mutaxassislarni boshqarish bo`limi injeneri U.Rasbergenovga intizomiy chora ko`rish to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat huquq inspeksiyasiga (24.11.2017 y. ZK-01-04/3292 son) taklif kiritildi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan T.Kutlmuratovni "Mehnat faxriysi" ko`krak nishoni bilan taqdirlash maqsadida O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi "Nuroniy" jamg`armasi Qoraqalpog`iston bo`limi Kengashiga (24.11.2017-y 3K-01-06/3990-coh) taqdimnoma kiritildi.

Шарҳлар