Му5
46

“NEGA MENI IShSIZ DEB E`TIROF ETIShMAYaPTI?”

Erkin minbar 23.12.2017, 11:35
12905
“NEGA MENI IShSIZ DEB E`TIROF ETIShMAYaPTI?”

Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, "Yangi kishloq" MFYda yashovchi fuqaro Fayzulla Haydarovga tuman bandlikka ko`maklashish markazi tomonidan ishsiz deb e`tirof etish taqdimnomasi berilmayotgani sabab muddatidan oldin pensiyaga chiqish imtiyozidan foydalana olmayotganixususidagi murojaatiga Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasi quyidagicha izoh berdi.

O`zbekiston Respublikasi "Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida"gi Qonunining 14-moddasiga binoan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o`zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o`zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e`tirof etilgan erkaklar - 58 yoshga to`lganda va ish staji kamida 25 yil bo`lgan taqdirda ega bo`ladilar.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.09.2011 yildagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizomning 12-bandiga asosan yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tuman (shahar) Bandlikkka ko`maklashish markazining shaxsni ishsiz deb e`tirof etish to`g`risidagi taqdimnomasi ilova qilinishi kerak.

Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o`zgarishlar xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o`zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan fuqarolarni ishsiz deb e`tirof etish O`zbekiston Respublikasi ijgimoiy ta`minot vazirligi va Mehnat vazirligining 30.11.1998 yildagi 2274/4 va 1235/04-1-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Alohida asoslarga ko`ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo`shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to`g`isida Yo`riqnoma” (ro`y. raqami 588, 07.01.1999y.) bilan tartibga solinadi.

Unga asosan, Bandlikka ko`maklashish markazi ishsiz deb e`tirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo`lgan fuqarolarga 4-shakldagi takdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`apmacining tuman (shahar) bo`limiga topshiradi.

Pensiya jamg`armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining bergan ma`lumotiga ko`ra, fuqaro Haydarov 25.03.1958 yilda tug`ilganligi hamda umumiy pensiya yoshi (60 yosh)ga etmaganlgi va 01.04.2017 yildan Mug`lon MTP MChJ tomonidan Mehnat Kodeksining 100-moddasi 2-qismiga asosan ish o`rni qisqarganligi sababli ishdan bo`shaganligi aniqlangan.

F.Haydarovga Kasbi tumani Bandlikka ko`maklashish markazi tomonidan 2017 yil iyul oyidan ishsizlik nafaqasi to`lab kelinayotganligi sababli unga muddatidan oldin imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlash uchun huquqiy asos mavjud emas.

Шарҳлар