Му5
8

BIROVLARGA QILGAN YaXShILIGININGIZ, ALBATTA O`ZINGIZGA QAYTIShI HAQIDAGI ODDIY HAQIQAT

Mutolaa 30.12.2017, 14:42
3884
BIROVLARGA QILGAN YaXShILIGININGIZ, ALBATTA O`ZINGIZGA QAYTIShI HAQIDAGI ODDIY HAQIQAT

xushmuomila bo`lish uchun ham vaqtimiz etmayotgandek tuyiladi. Mening nazarimda, yonimizdan o`tayotgan notanish insonlar uchun qilingan kichkik-kichik xayrli ishlarimizdan yig`ilib dunyoni o`zgartirishga, uni yaxshiroq, yanada go`zaliroq qilishga qodir bo`lgan ulkan ezguliklar yuzaga keladi.

Agar ta`bir joiz bo`lsa, men sizga kundalik hayotimizdagi ozgina iliqlik, samimiyat va mehrning har birimiz uchun naqadar muhim ekanligini eslatmoqchiman.

Kunlardan bir kuni yosh bir ayolning uyida kaktus gulladi. Holbuki, u xuddi badqovoq va dag`al hovli qorovuli kabi 4 yildan beri deraza tokchasida serrayib turar edi, kutilmaganda yoqimli voqea sodir bo`ldi. Negadir meni yovuz, bag`ri tosh va yaramas deb hisoblashadi, — deb o`yladi ayol. Buning hammasi bekor gap, bag`ritosh va razil odamlarning kaktuslari hech qachon gullamaydi.

U gullagan kaktus haqidagi shirin xayollar bilan ketayotib, metroda ezma bir erkakning oyog`ini bosib oldi. Erkakning tanbehiga javoban u odatdagidek: ”Agar siz shunchalik nozik to`ra bo`lsangiz, u holda taksida yuring!” deb baqirmasdan, — yoqimli jilmaydi: — Iltimos mendan achchiqlanmang, ushlab turish uchun tutqich yo`q ekan, agar hohlasangiz – marhamat siz ham mening oyog`imni bosa qoling shunda oramiz ochiq bo`ladi.

Ayolning qilig`ini boplab jazolamoqchi bo`lgan erkak uning gaplaridan shoshib qoldi va hechqisi yo`q deganday kulib qo`ydi. U o`zining bekatida tushib qoldi va gazeta sotib olish barobarida, qaytimni sanab adashgan sotuvchi ayolni esi past sigir deb so`kish o`rniga, unga qarab: — Hechqisi yo`q, yana bir marta sanab ko`ring, men ham ertalabdan hisob-kitobda adashaman, – dedi.

Bunday javobni kutmagan sotuvchi ayolning ko`ngli erib ketdi va doimiy xaridor, uning ustiga vaqtli matbuot o`qishni yaxshi ko`radigan, biroq har kuni bittagina arzon gazeta xarid qiluvchi – nafaqaxurga ikkita eski jurnalni hamda butun boshli bir taxlam eski gazetalarni berib yubordi.

Mamnun bo`lgan erkak bir quchoq gazeta va jurnallar bilan uyiga qaytdi. Yuqori qavatda yashovchi qo`shni ayolni uchratib, u bilan har kungi mavzuda janjal ko`tarmadi: “sizning bolangiz xonada filga o`xshab yuradi va dam olishimga xalaqt beradi, yaxshiroq tarbiya berish kerak”, deyish o`rniga unga qarab: — Qizingiz katta bo`lib qolibdi. Hayronman, u kimga ko`proq o`xshaydi sizgami yoki otasigami, lekin aniq bilaman sohibjamol bo`ladi, mening ko`zlarim aldamaydi, mana ko`rasiz.

Qo`shni ayol bolasini bog`chaga topshirib, o`zining ish joyiga ro`yxatga olish bo`limiga keldi va kechagi kunga yosh doktor qabuliga yozilgan, ammo bugun kelgan parishonxotir qari xotinga o`dag`aylab qichqirish o`rniga, muloyimlik bilan shunday dedi:

— Mayli, hechqisi yo`q xafa bo`lmang, men ham ba`zan ishlarimni unutib qo`yaman. Siz bir daqiqa o`tirib turing, men doktorga kirib aniqlayman, balki u sizni bugun qabul qila olar.

Doktor qabuliga kirgan kampir: kasalligidan tezda forig` qiladigan, tez kor qiladigan ammo qimmat bo`lmagan dorini yozib berishlarini, agar bunday bo`lmasa eng yuqoriga, hattoki inson huquqlari bo`yicha Strasburg mahkamasigacha arz qilishini talab qilish o`rniga, chuqur tin oldi va dedi:

— «Albatta mening esim kirdi-chiqdi bo`lib qolgan, tushunaman, qarilikni davolab bo`lmaydi, lekin doktor o`g`lim ishga kelgandek doim qabulingizga kelib bezor qilganim uchun siz meni kechiring» dedi.

So`qqabosh doktor esa kechqurun uyiga ketayotib, to`satdan qari kampirni esladi va unga rahmi keldi. Daf`atan u hayotning o`tkinchi ekanligi, umrining odatiy elib yugurishlar bilan o`tib ketayotganligini o`ylab qoldi va nogahon yuz bergan ichki hayajon va jo`shqinlik ta`sirida, eng yaqin supermarket oldida to`xtadi, bir dasta gul, atirgul kremli tort sotib oldi va butunlay boshqa tomonga qarab ketdi. Uy oldida to`xtab, uchinchi qavatga ko`tarildi va eshikni qoqdi.

Salomlashdi va dedi, qarang men bir narsani o`ylab qoldim, nega endi biz xuddi qumli maydonchada o`ynayotgan bolalar singari talashib tortishishimiz kerak. Mana men sizga tort xarid qildim, biroq men bilmasdan uning ustiga sumkamni qo`yibman va u bir oz ezildi. Ammo hechqisi yo`q deb o`ylayman chunki bu uning ta`miga ta`sir qilmaydi. Men sizga yana gullar xarid qildim, faqatgina ular ham shu sumka bilan ozgina ezilgan. Balki gullar yana o`z holiga kelar, nima deysiz?

Albatta o`z holiga keladi, — javob berdi ayol, biz ularni jonlantiramiz. Menda siz uchun yangilik bor. Siz tasavvur qiling, men bugun ertalab o`yg`ondim, derazaga qaradim, ne ko`z bilan ko`rayki kaktusim gullabdi. Ko`rayapsizmi?



Шарҳлар