AsosiyHi-tech

ESKI IPHONE’LAR BILAN BOG`LIQ MOJARO SABABLI APPLE MILLIARDLAB DOLLAR YO`QOTADI

'ESKI IPHONE’LAR BILAN BOG`LIQ MOJARO SABABLI APPLE MILLIARDLAB DOLLAR YO`QOTADI'ning rasmi

Apple korporasiyasi yangi ayfonlar chiqarilganidan so`ng, eski modellarda akkumulyator quvvati kamayganida qurilmaning samaradorligini pasaytirishi bilan bog`liq mashmashalardan xabaringiz bor. Dastlab mish-mish tarzida chiqib, keyin isbotlangan va kupertinolik gigant tomonidan tan olingan ushbu holat sababli foydalanuvchilar kompaniyani sudga ham berishgan.

Ushbu mojarolar tufayli ixlosi pasaygan mijozlarining sodiqligini avvalgi darajaga qaytarish maqsadida, Apple korporasiyasi eski iPhone modellarining batareyasini almashtirib berish narxini tushirishga qaror qildi. Mazkur servis qiymati avval 79 AQSh dollari hajmida belgilangan bo`lsa, u endi 29 dollargacha pasaytirildi.

Bu qadam esa ishlab chiqaruvchiga 10 milliard dollar miqdorida kamomad keltiradi. Barclays banki tahlilchilari masalani o`rganib chiqib, shunday xulosaga kelishdi, deb yozadi Business Insider.

Tahlilchilar o`tkazgan so`rovnoma natijalariga ko`ra, akkumulyatorning eskirishi – yangi iPhone sotib olishning asosiy sababidir. Endi esa, batareyani almashtirib olish arzonlashtirilgani hamda eski smartfonlarning samaradorligi pasaytirmasligi tufayli, foydalanuvchilar yangi ayfon xarid qilishlari uchun asosiy sabab yo`qqa chiqadi. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, shu bois 2018 yilda iPhone savdosi 16 million donaga pasayishi kutilayotir.

    Boshqa yangiliklar