Му5
3

Pokistonda 9 oylik bolani suiqasd qilganlikda ayblashmoqda

Dunyo 05.04.2014, 14:48
8431
Pokistonda 9 oylik bolani suiqasd qilganlikda ayblashmoqda

Bu davrda bolalar endi yurishni o`rganishayotgan bo`lishadi. Pokistonda esa 9 oylik bola suiqasd qilganlikda ayblanmoqda, deya xabar beradi “Telegraph” nashri. 

Kichkintoy Muhammad Musa va uning oila a`zolari suiqasd qilganlikda ayblanishib, sud oldida hozir bo`lishdi.

Bola va uning oila-a`zolari gaz hisoblagichni ta`mirlash uchun uyga kelgan kompaniya xodimlariga tosh otganlikda ayblanishmoqda.

Polisiya inspektori bu voqeani bola va uning oilasi kompaniya xodimlariga nisbatan suiqasd qildi, deya sudga shikoyat xati yozib bergan. Oila advokati esa polisiya xodimini noo`rin shikoyat qilganlikda aybladi va bolaga qo`yilgan ayblovni olib tashlashni suddan talab qilgan. O`z navbatida sud polisiya xodimini sud zalidan chetlashtirgan va bolani garov puli evaziga ozod qilgan. Shunga qaramay, bir haftadan so`ng yakuniy hukmni tinglash uchun 9 oylik bola uning oila-a`zolari sud zaliga kelishlari to`g`ri keladi.

Pokiston qonuniga qo`ra,  jinoiy javobgarlikka 12 yoshdan boshlab tortiladi. 

Шарҳлар