AsosiyHi-tech

O`zbekistonda eng yuqori yuklab olish tezligi Ucell’da ekanligi aniqlandi

Markaziy Osiyo bo`yicha eng past yuklab olish tezligi O`zbekistonda ekanligi aniqlandi. Bunday ma`lumotlarni Explorer. Netindex.com loyihasi taqdim etdi.

Unga ko`ra, bizning mamlakatimzida o`rtacha tezlik 2.41mbps. Tojikistonda mazkur ko`rsatkich 11.27 mbps, Qirg`izistonda – 9.35 mbps, Qozog`istonda – 13.83 mbps teng, deya xabar beradi Anhor.uz. 

Umumiy reytingda mamlakatimiz 189 dan 171-o`rinda joylashgan. Osiyo bo`yicha bizdan past faqat Suriya turibdi, bu erda tezlik 1.55 mbps teng. Ruminiya (57.72 mbps) yoki Litva (42.25 mbps) kabi mamlakatlar bilan taqqoslaganda bizning natijalar juda achinarli.

Netindex.com provayderlar bo`yicha ko`rsatkichlar taqqoslanganda, yuklab olishning eng yuqori tezligi Ucell kompaniyasiga tegishli - 9.59 mbps,  undan keyin Turon Telecom - 6.19 mbps,  Uzonline - 5.31 mbps, Beeline Uzbekistan - 2.87 mbps va Sharq Telekom - 2.44 mbps joy olgan.

Umuman olganda, bunday past tezlik bizda doim bo`lmagan. Masalan, 2013 yilning iyulida O`zbekistonda tezlik 3.37 mbps tashkil qilgan, bu esa 189 mamlakat ichida 135-pog`onadan o`rin olgan.

Dunyoda eng yuqori internet tezligi Gonkongda (75, 46 mbps) va Singapurda (60/5 mbps) qayd etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar