Му5
3

Bugun yurtimizda bahorgi qor yog`di

Jamiyat 07.04.2014, 13:31
2072
Bugun yurtimizda bahorgi qor yog`di

Bugun yurtimiz tabiatida g`ayrioddiy hodisa yuz berdi, aprel oyida hech kim kutmagan qor yog`di.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, O`zbekistonda kunduzi havo o`zgaruvchan, joylarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashkadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchiliklar bo`lmaydi. Havo harorati 8-13° iliq bo`ladi.
Toshkentda havo o`zgaruvchan, kunning birinchi yarmida qor yog`adi. Havo harorati 6-8° iliq bo`ladi.

8 aprel kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja iliq, 1 darajagacha sovuq bo`lishi mumkin, kunduzi 16-18 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 0-1 darajagacha sovuq bo`lishi mumkin, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5,  kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

 

Шарҳлар