Му5
4

Abu-Dabida britaniyalik motopoygachi halok bo`ldi

Sport 08.04.2014, 10:35
2061
Abu-Dabida britaniyalik motopoygachi halok bo`ldi

Britaniyalik motopoygachi Kemeron Vog BAAda o`tkazilayotgan eng nufuzli ralli-reydlardan biri bo`lgan Abu-Dabi Desert Chellenj musobaqasida olgan jarohatlari oqibatida halok bo`ldi.  Tashkilotchilar motopoygachi yaqinlari va qarindoshlariga o`z ta`ziyalarini bildirishdi. 

Halokat navbatdagi bosqichning 155-kilometrida sodir bo`ldi. Kemeronni halokatga uchraganini birinchilardan bo`lib polshalik poygachi Yakub Pshigonski ko`rib qolgan, deya yozadi ITAR-TASS axborot agentligi. Sportchi Kemeronga birinchi tez yordamni ko`rsatib, shifokorlarni chaqirdi hamda sun`iy  yo`ldosh aloqasi orqali halokat signalini yubordi. Shifokorlar guruhi yordamga 13 daqiqada vertolyotda etib kelib, uni shifoxonaga olib ketishdi. Ammo, tunda Vog olingan jarohatlar oqibatida vafot etdi.

Шарҳлар