AsosiyJamiyat

Ish jarayonida haydovchiga tuxmat qilgan YPX xodimining harakati videoga muhrlandi (VIDEO)

IIV yo`l patrul xizmati xodimining xizmat jarayonida haydovchi bilan qilgan noqonuniy harakati tushirilgan videolavha Facebookning Voditeli Tashkenta guruhida paydo bo`ldi.

Ushbu lavhada dastavval o`zini tanishtirishni istamagan YPX xodimining haydovchiga nisbatan qilgan qo`pol harakati aks etgan. 
Haydovchini to`xtatgan xodim unga to`xtatganining sababini avvaliga aytishni istamaydi keyin esa u O`zbekiston millisiyasi ekanligini hamda unga haydovchining qarshilik ko`rsatishga hech qanday xaqqi yo`qligini aytadi.
Ancha tortishuvdan keyin o`z guvohnomasini taqdim etgan kichik serjant Erpastiev Baxtiyor Muhammadievich, haydovchi mashinasini ochib, unga kuch ishlatmoqchi bo`ladi.
Bizni hayratga solgani, O`zbekiston millisiyasiman deb o`zini tanishtirgan YPX xodimining fuqaroga nisbatan tuxmat qilgani va qaltis so`kinishda ayblagani bo`ldi, vaholanki, videoda buning aksi namoyon bo`lgan.

Ushbu videolavhadan xulosa chiqarish har kimning o`ziga havola. Bizning xulosa esa guruch kurmaksiz bo`lmaydi...

 

    Boshqa yangiliklar