Му5
3

Xitoyliklar dafn marosimlari uchun aktyorlarni jalb qilishmoqda

Dunyo 08.04.2014, 12:29
3980
Xitoyliklar dafn marosimlari uchun aktyorlarni jalb qilishmoqda

Xitoyda oilalar dafn marosimi uchun maxsus aktyorlarni jalb qilishmoqda. Ular marhumning yaqinlari boshqa ishlar bilan band bo`lganda yig`lab turish majburiyatini bo`ynilariga olishadi. 

Xitoy an`analariga ko`ra, dafn marosimida marhumning yaqinlar katta ovoz bilan baqirib, yig`lashlari kerak. Ushbu vazifani bajaruvchi 7 nafar aktyorlarni taxminan 600 AQSh dollariga xarid qilishlari mumkin. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Xitoy e`tiqodiga ko`ra, marhumning orqasidan yig`lashmasa oila sha`niga isnod keltiradi. Shu tufayli ushbu masalaga nozik qarashadi. Aktyorlar asosan ayollardan iborat bo`lib, ular dafn marosimida o`zlari ham qarindoshlarni ham yig`lashga majburlashadi. Aktrisalar ushbu marosim uchun maxsus makiyaj va liboslar tayyorlashadi.

Шарҳлар