Му5
4

«O`zeltexsanoat» uyushmasi aksiyadorlik kompaniyaga aylantirildi

Jamiyat 08.04.2014, 13:02
1583
«O`zeltexsanoat» uyushmasi aksiyadorlik kompaniyaga aylantirildi

“O`zeltexsanoat” uyushmasi OAJ shaklidagi aksiyadorlik kompaniyaga aylantirildi.

Bunday qaror O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan qabul qilindi. Yangi kompaniya elektrtexnika sohasidagi korxonalarning ishlab chiqarish va marketing faoliyatini nazorat qiladi, deya xabar beradi Uzdaily nashri.

“O`zeltexsanoat” AK ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozordagi  talabini o`rganadi. Kompaniya elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizasiya qilishga, maishiy elektrotexnika ishlab chiqarish uchun xorijiy investorlarni jalb qilishga ham javobgar sanaladi. 

Шарҳлар