Sevimli

Bryusselda Obamaning bir kunlik mehmonxona harajati €1 millionga tushdi

Dunyo 08.04.2014, 14:02
Bryusselda Obamaning bir kunlik mehmonxona harajati €1 millionga tushdi

AQSh prezidenti Barak Obama Bryusselga tashrifi chog`ida yashagan The Hotel mehmonxonasiga AQSh davlat departamenti €1,1 mln.dan ortiq pul to`laydi.

Hisob 283 ta xonada yashagan prezidentga hamrohlik qilgan xavfsizlik xizmati, aloqa va logistika xodimlari uchun to`lanadi.

ITAR-TASSning ma`lumotlariga ko`ra, Obamani Belgiyaga 24 soatli tashrif chog`ida 900 kishidan iborat 45 ta avtomobil kuzatgan. EI poytaxtiga mashinalar uchta harbiy-transport samolyotida keltirilgan.

Bryussel burgomistri Ivan Mayerning aytishicha, shahar Obamaning bir kunlik tashrifi uchun €10 mln sarflagan.

Obamaning tashrifi belgiyaliklardan xavfsizlik choralarini kuchaytirishni talab qilgan –uning harakat yo`nalishining o`ziga qo`riqlash uchun 350 nafar harbiy va polisiyachilar safarbar qilingan.

 

Шарҳлар