Sevimli

Obamaning AQShda noqonuniy yashagan ammasi vafot etdi

Dunyo 09.04.2014, 12:45
Obamaning AQShda noqonuniy yashagan ammasi vafot etdi

AQSh prezidenti Barak Obamaning ammasi Zeytuni Onyango ko`p yillar davomida AQSh hududida noqonunan yashab kelgan. Seshanba kuni esa u Bostondagi reabilitasiya markazida 61 yoshida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda USA Today telekanali xabar bermoqda. 

Ayolning advokati Margaret Vonning aytishicha, Obamaning qarindoshiga o`limidan avval saraton kasalligi tashhisi qo`yilgan.  

Onyango 2000 yilda AQShga tashrif buyurgan va ikki yildan so`ng hukumatdan siyosiy boshpana so`ragan. Ammo, unga rad javobini berishgan. Qarorga ko`ra, 2004 yilda u noqonuniy migrant sifatida deportasiya qilinishi kerak bo`lgan. U ko`p vaqt davomida Massachusets shtatida istiqomad qilib kelgan va faqatgina 2008 yili jiyani prezident etib saylanishidan avvalroq OAV e`tiboriga tushgan. Oq uy matbuoti xizmati prezident  ammasining qanday holatda yashagani haqida ma`lumotlari yo`qligini aytishgan. 

2010 yil esa AQSh hukumati Onyango Keniyaga qaytgan taqdirda unga prezident bilan qarindoshligi bo`lgani uchun o`lim jazosiga hukm qilinishi mumkinligi munosabati bilan unga AQSh siyosiy boshpana taqdim etgan.

Шарҳлар