Sevimli

Yo`qolgan Boeing qidiruv maydoni yana qisqartirildi

Dunyo 10.04.2014, 11:41
Yo`qolgan Boeing qidiruv maydoni yana qisqartirildi

Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo`qolgan Boeing  qidiruv ishlari vakillari qidiruv maydonini 75,4 dan 57,9 ming kv kilometrga qisqartirishdi. Bu haqda Vesti.ru sayti xabar bermoqda.

Okean tubidan samolyotning “qora quti”si uzatayotgan signal qidiruv maydonini qisqartirish imkonini berdi.  Ushbu hududda okean tubi chuqurligi 4,5 ming metr atrofida.

“Qidiruv ishlarini to`g`ri joyda olib borayapmiz, men bunga ishonaman. Samolyot aynan shu erda ekanligini tasdiqlash uchun biz samolyot yoki uning bo`laklarini o`z ko`zimiz bilan ko`rishimiz kerak”,-deydi Avstraliya koordinasion qidiruv markazi rahbari Angus Xyuston.

Shuningdek, Xyuston ushbu signallar texnik qurilmalar tomonidan uzatiladigan signal ekanligi va tabiat bilan bog`liq emasligini hamda yaqin kelajakda samolyot yoki uning bo`laklarini topishga ishonch bildirayotganini aytib o`tdi.

Шарҳлар