Ташкент +4° Sun 19:21
Долзарб мавзулар Foto

Boshingiz og`risa dori ichishga shoshilmang

Бўлимлар: Salomatlik
Теглар:
Добавлено: 13.01.2018, 08:56

Xalqimizda “Tabib-tabib emas, boshdan o`tgan tabib” degan naql bor. Darhaqiqat, xalq tabobatidagi sinashta amallar har qanday xastalikni bartaraf etishga qodir. Quyida ana shunday bebaho tavsiyalarni keltirib o`tamiz.

  • Qon bosimi bilan bog`liq kuchli bosh og`rig`ida quyuq damlangan shirin choy yordam beradi.
  • Ko`k choy qon bosimini pasaytiradi, chunki u badandagi yog`larni eritadi va qon tomirini kengaytiradi.
  • Bir choy qoshiqdan ko`k choy, quritilgan yalpiz, choy qoshiq uchida dolchin olinib, bir stakan suvda damlanadi va 3 dona qand solib ichilsa, bosh og`rig`iga barham beradi..
  • Gipotoniyada ham holsizlanish, bosh og`rig`ida nama`takli tetiklashtiruvchi choy damlab ichish lozim. Qon bosim past kishilar zanjabil va kashnich ziravorlaridan ham qo`shish maqsadga muvofiqdir.
  • Lavlagi ildizini asal bilan qaynatib, iste`mol qilinsa, bosh og`rig`i dardiga davo bo`ladi.
  • Akasiya daraxti bargi yoki gulini qaynatib ichish ham bosh og`rig`idan xalos etadi.
  • Karam yaprog`ini suvi chiqquncha tuyib, peshonaga, ikki chakkaga, bilak hamda quloq orti chuqurchasiga bog`lansa, birozdan keyin bosh og`rig`i to`xtaydi.
  • Kartoshka tarkibida mavjud bo`lgan moddalar ham bosh og`rig`iga davo ekanligi ma`lum. Bosh og`rig`ini qoldirish uchun, archilgan xom kartoshkani qirg`ichdan o`tkazib, sharbatini siqib oling. Shu sharbatdan 2-3 marta yarim stakandan ichilsa, bosh og`riqlari tezda yo`qoladi.
  • Google+
    WhatsApp
    VK
    Telegram

    Комментарии

    Jinoyat

    Shou-biznes

    SUG'DIYONA