Sevimli

Hindistonlik siyom egizaklari ajralishni xohlashmayapti (FOTO)

Dunyo 11.04.2014, 12:56
Hindistonlik siyom egizaklari ajralishni xohlashmayapti (FOTO)

Siyom egizaklari Shivanatx va Shivran Shax Hindistonda shov-shuvga sabab bo`lishdi, deb yozadi The Daily Mail nashri. 

Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, 12 yoshli ushbu egizaklar 4 ta qo`l va 2 ta oyoqqa ega,  shunga qarmay, ularni ajratish mumkin. Ammo, bolalarning o`zlari buni istashmayapti. “Bizni bir-birimizdan ajratishlarini xohlamaymiz. Biz qarib qolganimizda ham shundayligimizcha qolamiz. Biz qanday tug`ilgan bo`lsak, shundayligimizcha yashamoqchimiz”, - deydi Shivran.
Bolalarning ota-onalari ham ularni ajratishga qarshilar. 

Shifokorlar egizaklarning kiyinish, ovqatlanish va idish tovoqlarni yuvish qobiliyatlaridan hayratdalar. Bolalar o`zlarining jismoniy holatlariga o`rganib qolishgan va barcha muammolarni enga olishadi. Ularda o`pka, yurak va boshqa organlar alohida faqatgina qorin bitta. Ammo, bu hayot uchun hech qanday xavf solmaydi.  

Шарҳлар