Му5
46

​Yo`l qoidalari belgisini xato ko`rsatgan kitob mualliflariga ham jarima solinsin

Erkin minbar 15.01.2018, 12:05
12949
​Yo`l qoidalari belgisini xato ko`rsatgan kitob mualliflariga ham jarima solinsin

Samarqand viloyati Urgut tumani Tersak mahallasida yashovchi Odil Davkarov o`z xatida A.A.Aqilov, K.A.Karimova, Sh.Sh.Rizaevlar muallifligida nashr etilgan yo`l harakati qoidalari haqidagi kitobdagi xatolik haqida ma`lumot berilgan. O.Davkarov murojaatida “Kitobda ko`rsatilgan test savolidagi suratli izohdagi xatolik uchun mualliflarga ham jarima solishlaringizni so`rayman”, deya mutasaddilarga murojaat etgan.


O.Davkarovning maktubiga IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i polkovnik X.Saydaliev qanday javob beradi?

— Ta`kidlash joiz, fuqaro O.Davkarovning "Yo`l harakati qoidalari"ni ommaga to`g`ri va aniq etkazish borasidagi jonkuyarligi e`tiborga molikdir.

Shu bilan birga sharh va undagi vazifalar amaliyotda biror bir qoidabuzar haydovchi yoki boshqa harakat ishtirokchisiga ma`muriy ta`sir ko`rsatish uchun asos bo`la olmaydi.

Murojaatda ko`rsatilgan test savolidagi suratli izohga kelsak, haqiqatdan ham u erda chop etish jarayonida texnik xatoga yo`l qo`yilgan bo`lib nashriyot tomonidan keyingi nashrlarda ularni to`g`rilab bosmadan chiqarish choralari ko`rilganligini ma`lum qilamiz.

Шарҳлар