Sevimli

Fransiyada rahbarlarga ish vaqtidan so`ng xodimlariga qo`ng`iroq qilishlari taqiqlandi

Dunyo 12.04.2014, 11:39
Fransiyada rahbarlarga ish vaqtidan so`ng xodimlariga qo`ng`iroq qilishlari taqiqlandi

Fransiyada ish beruvchilarga ish kuni yakunlangach o`z xodimlariga qo`ng`iroq qilishlari taqiqlandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Fransiya ish beruvchilari hamda kasaba uyushmasi o`rtasida imzolangan yangi kelishuvga ko`ra,  rahbarlar o`z xodimlari bilan haftasiga 133 soat bog`lanish huquqiga ega emaslar. Ushbu vaqt dam olish uchun ajratilgan.

Xususan axborot texnologiyasi  sohasidagi ish beruvchilar uchun yangi qonun juda ham qattiq. Ushbu qonun Fransiyadagi Google va Facebook kompaniyalariga ham tegishli.  Ushbu kompaniya xodimlari 18:00 so`ng o`z telefonlarini o`chirib qo`yishlari kerak bo`ladi. Shuningdek, rahbar o`z xodimlarini uydan elektron pochtani tekshirtirmaslikka kafolat berishlari kerak.

Шарҳлар