Sevimli

Yo`qolgan Boeing qidiruv hududida moy izlari topildi

Dunyo 14.04.2014, 11:27
Yo`qolgan Boeing qidiruv hududida moy izlari topildi

Avstraliyaning Ocean Shield xarbiy kemasi yo`qolgan Boeing 777 qidiruv hududidan   moy dog`larini topdi. Bu haqda Avstraliya koodrinasion qidiruv markazi rahbari Angus Xyuston ma`lum qildi.

“Men Ocean Shield kemasi kecha qidiruv hududidan moy dog`larini topganini ma`lum qilishim mumkin”,-deydi Xyuston Pert shahrida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida. Uning so`zlariga ko`ra, mutaxassislar yoqilg`idan namuna olishgan va uni analizdan o`tkazishadi. “Biz bu dog`ni qaerdan paydo bo`lganini aniqlashimiz kerak.  <…>  Bu birmuncha vaqtni oladi”,-deydi Angus Xyuston.

Bundan tashqari Xyuston laynerning ehtimoliy “qora quti”si 6 kundan beri signal bermayotganini ma`lum qildi. Shu sababli qidiruvning 38-kuni bor e`tibor suv osti qidiruviga   qaratilishini qayd qilib o`tdi.

“Avstraliyaning Ocean Shield kemasi signal tutish moslamasi bilan qidiruv ishlarini yakunlaydi va yaqin muddat ichida Bluefin-21 suv osti apparati ishga kirishadi”,-deya ma`lum qildi  Avstraliya koodrinasion qidiruv markazi rahbari.   Uning yordamida  hukumat layner bo`laklarini topish niyatida. 

Шарҳлар