Sevimli

“Sevol” kemasi halokati qurbonlari soni 150 nafarga etdi

Dunyo 23.04.2014, 10:40
“Sevol” kemasi halokati qurbonlari soni 150 nafarga etdi

Janubiy Koreya sohillarida “Sevol” yo`lovchi kemasi cho`kishi oqibatida halok bo`lganlar soni 150 kishiga etdi.

Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi sohil qo`riqlash shtabiga asoslanib xabar bermoqda.  Janubiy Koreya hukumati halokat qurbonlarining oila a`zolari 260 million von (250 ming AQSh dollar) miqdorida tovon puli olishlarini ma`lum qildi.

“Sevol” yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni Penpxundo orolidan 20 km uzoqlikda halokatga uchradi.Kema bortida 475 kishi bo`lgan ularning aksariyati Chujudo oroliga sayohatga otlangan  maktab o`quvchilari bo`lgan. 

Bundan tashqari halokatga uchragan kemada bo`lgan o`quvchilar o`qigan maktabning 52 yoshli direktor o`rinbosari 18 aprel kuni o`z joniga qasd qilgan edi. U qutqarib qolingan yo`lovchilar turgan Chindo sport zali yaqinidagi qarag`ay daraxtiga o`zini osgan.
21 aprel esa “Sevol” kemasi bort muhandisi o`z joniga qasd qilmoqchi bo`ldi. Ammo, shifokorlar uni qutqarib qolishdi. 

Hozirda Kema kapitani va uning ikki yordamchisi qo`lga olingan. Kapitan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. 

Шарҳлар