my5
Sevimli

Odamfurush ayol qo`lga olindi

Jinoyat 29.01.2018, 13:13
Odamfurush  ayol qo`lga olindi

Buxoro shahrida yashovchi 45 yoshli Lochina Halimova halol mehnat bilan osoyishta hayot kechirish o`rniga nopok yo`lni tanladi. Bir necha ayolning ishonchiga kirib, ularni aldov yo`li bilan xorijga jo`natdi.

Maqsad bitta - ojizalarni fahsh ishlarga undab, boylik orttirish. Lochinaning yaxshigina daromadli ishlarga joylashtirish to`g`risidagi va`dalariga ishongan soddadil ayollar bu sarob ekanini keyin tushundi. Xullas, nomuslari poymol etilib, tahqirlandi.

Lochina bu qilmishlarining jazosi borligini bilardi. Shuning uchun ham O`zbekistonga qaytmadi. 2011 yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashirinib yurdi.

Lekin, nihoyat, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xodimlari sa`y-harakati bilan qo`lga olinib, xorijdan O`zbekiston Respublikasiga ekstradisiya qilindi.

Endi Lochina jirkanch ishlari uchun qonun oldida javob beradi.

Odamfurush ayolga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар