Sevimli

Yo`qolgan Boeing’ni “Titanik”ni izlagandek izlashadi

Dunyo 23.04.2014, 16:37
Yo`qolgan Boeing’ni “Titanik”ni izlagandek izlashadi

Avstarliya hukumati Malaysia Airlines aviakompaniyasining yo`qolgan laynerining qidiruv ishlariga kuchli gidrolokator apparatini jalb qilmoqchi.

“Bluefin 21” suv osti apparati qidiruv hududining 80 foizini tekshirib chiqdi. Ammo, bu qidiruvlar hozircha hech qanday natija bermadi.

Avstraliya mudofaa vaziri Devid Jonsonning aytishicha, qidiruv ishlariga kuchli bo`lgan gidrolokator jalb qilinishi mumkin. Bu uskunaga o`xshash qurilma yordamida 1985 yili Atlantika okeani tubidan “Titanik” topilgan edi.

“Keyingi qadam kuchli va chuqurlikda ishlay oladigan gidrolokatorni ishga solish bo`ladi”,- deydi Jonson.

Shuningdek, Avstraliya hukumati Malayziya, Xitoy va AQSh vakillari bilan mart oyida yo`qolgan layner qidiruv ishlarining keyingi bosqichlariga o`tish to`g`risida kelishib oldi.

Шарҳлар