my5
Sevimli

Chaqalog`ini 5 mln so`mga sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 30.01.2018, 12:19
Chaqalog`ini 5 mln so`mga sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida istiqomat qiluvchi Qosimova Ma`rifat Musaevna 2017 yilning 24 noyabr kuni o`ziga oldindan tanish bo`lgan Sherobod tumanida yashovchi Xadichev To`yli Qurbonovich bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 2017 yil 6 noyabr kuni tug`ilgan qizini 5 000 000 (besh million) so`mga sotayotgan vaqtida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Chaqaloqning onasi biror bir joyda foydali mehnat bilan shug`ullanmasligi, mahallasidagi yurish-turishi farzandlarining tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi shuningdek, muqaddam jinoyat ishlari bo`yicha Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tuman sudining 2017 yil 26 may kunidagi hukmiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo`shmachilik qilish) 2-qismi bilan aybdor deb topilib eng kam oylik ish haqining o`n baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlangan, mazkur ishi bo`yicha ehtiyot chorasi sifatida «munosib xulq-atvorda bo`lish haqidagi tilxat qo`llanilgan» bo`lsa-da o`ziga tegishli xulosani chiqarmagan, shuningdek jinoiy sherigi Xadichev To`yli ham to`rtinchi marotaba sudning qora kursisiga o`tirganligi ilgari xavfli qilmishlari uchun jazo muddatini o`tab chiqqanligidan to`g`ri xulosa chiqarmasdan qayta jinoyat yo`liga kirganligi uchun, jinoyat ishlari bo`yicha Surxondaryo viloyat Qiziriq tuman sudining 2018 yil 26 yanvar kuni Qosimova Ma`rifatga nisbatan 5 yil, Xadichev To`yliga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Qosimova Ma`rifatning voyaga etmagan farzandlari — 2008 yilda tug`ilgan qizi va 2011 yilda tug`ilgan o`g`li Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-sonli «Mehribonlik uyi»ga, 2017 yilda tug`ilgan sotilmoqchi bo`lgan qizi Qashqadaryo viloyatidagi bolalar uyiga topshirilishi to`g`risidagi odil sudning qarori qabul qilindi.

Шарҳлар