Sevimli

Barak Obama robot bilan futbol o`ynadi (VIDEO)

Dunyo 25.04.2014, 10:17
Barak Obama robot bilan futbol o`ynadi (VIDEO)

AQSh prezidenti Barak Obama Tokioga tashrifi chog`ida yoqimtoy, raqs tusha oladigan, kuylay oladigan, inglizchada so`zlasha oladigan va hatto futbol o`ynay oladigan robot bilan tanishdi, deya yozadi ABC News.

Uchrashuv ilmni rivojlantirish va innovasiya muzeyida bo`lib o`tdi. Avvaliga yaponiyaliklar Obamani robot bilan tanishtirishdi, so`ngra u bilan futbol o`ynashni taklif qilishdi. Robotning zarba berishidan avval prezident "hozir zarba kuchli bo`lsa kerak", - deya kuldi. Uchrashuv so`ngida AQSh prezidenti robot uni qo`rqitib yuborganini aytib o`tdi.

 

Шарҳлар