my5
Sevimli

Andijonda 23 kunlik chaqalog`ini sotishga uringan ayol qo`lga olindi

Jinoyat 02.02.2018, 16:52
Andijonda 23 kunlik chaqalog`ini sotishga uringan ayol qo`lga olindi

O`zbekiston davlat bojxona qo`mitasi xabariga ko`ra Andijonda 23 kunlik chaqalog`i sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi.

Xabarda aytilishicha, marhamatlik M. ismli ayol homilador bo`lgach, tug`ilajak farzandini sotishni ko`zlab yuradi. Uning bu qing`ir rejasiga o`z onasi F. yordamga keladi. Bola tug`ilgunga qadar ular turli choralarni o`ylab, bolani sotish harakatiga tushishdi. Buloqboshi tumanida Lobar ismli ayol bilan oldindan kelishib atigi 23 kunlik jajjigina norasida go`dakni 4500 AQSh dollari va 4.000.000 so`m evaziga pullayotgan chog`ida Andijon viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo`lga olindi.

«Bu yorug` dunyoga kelgan kundan boshlab onalik mehrini tuymagan mitti bolakay issiqqina to`shakchasida mazza qilib uxlash o`rniga, qishning sovuq kunlarida ko`chama-ko`cha izg`ishga maxkum bo`ldi. Balki mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan eltib qo`yilgan uyning issiqqina xonasida, u ilk bora xotirjam uyquga ketgandir», — deya yozilgan maqolada.

Qonunbuzarlarga Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi, M. va uning onasi F. esa endilikda qilgan jinoyatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-modda, 3-qismining «a» bandiga muvofiq, qonun oldida javob beradi.

Шарҳлар