my5
Sevimli

Valyutafurush ulfatlar qo`lga tushdi

Jinoyat 02.02.2018, 17:58
Valyutafurush ulfatlar qo`lga tushdi

Urganch shahrida yashovchi fuqarolar 1986 yilda tug`ilgan Sanjar Mamadov (ism-shariflar o`zgartirilgan) va 1984 yilda tug`ilgan Sardor Botirov chet el valyutalarining noqonuniy savdosi bilan shug`ullanish amaldagi qonunlarimizga xilof ekanini bila turib, qing`ir ishga qo`l urdi.

2018 yil 26 yanvar kuni ushbu ikki “uchar” yigitlar 8 ming 500 AQSh dollarini 70 million 550 ming so`mga sotishga kelishib, 6 ming dollarni qonunga xilof ravishda sotish maqsadida muomalaga kiritganida qo`lga tushdi.

Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida fosh qilingan "valyutafurush ulfatlar”ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ular tomonidan muomalaga kiritilgan valyuta ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Шарҳлар