my5
Sevimli

"Tez yordam" shifokori bemorning 24 mln so`mlik buyumlarini o`g`irlab ketdi

Jinoyat 03.02.2018, 14:23
"Tez yordam" shifokori bemorning 24 mln so`mlik buyumlarini o`g`irlab ketdi

Andijon shahrida tez tibbiy yordam avtomashinasida kelib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatgan shifokor bemorning buyumlarini o`g`irlab ketdi. Bu haqda Andijon viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi U.G. Andijon shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil 12 yanvar kuni soat 7larda uyi mehmonxonasidagi televizori ustidan narxi 24 mln so`mlik tilla taqinchoqlari: 1 dona tilla zanjir, 1 dona uzuk, 1 dona braslet va 1 juft ziragi noma`lum shaxs tomonidan o`g`irlab ketilganligini bildirgan.

Ko`rilgan tezkor choralar natijasida noma`lum shaxs Andijon tumanida istiqomat qiluvchi A.L. bo`lib chiqdi. Olib borilgan profilaktik surishtiruv ishlari natijasida u 2018 yil 12 yanvar kuni soat 6 yarimlarda U.G.ning chaqiruviga asosan uning uyiga tez tibbiy yordam avtomashinasida kelib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatganligi hamda chiqib ketayotib yuqoridagi buyumlarni o`g`irlab ketganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo`yicha Andijon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар