Janubiy Koreya sohillarida “Sevol” yo`lovchi kemasi cho`kishi oqibatida halok bo`lganlar soni 193 kishiga etdi, deya xabar bermoqda Yonhap nashri.
Seshanba kuni tongda qutqaruvchilar yana 4 kishining jasadini olib chiqishdi. 109 nafar yo`lovchi esa bedarak yo`qolgan. Qutqaruv ishlariga noqulay ob-havo sharoiti qiyinchiliklar tug`dirmoqda.
Eslatib o`tamiz, bortda 476 kishi bo`lgan “Sevol” yo`lovchi kemasi 16 aprel kuni halokatga uchragan. Ulardan 325 nafari Chujudo oroliga sayohatga otlangan maktab o`quvchilari edi. Halokat oqibatida omon qolganlar soni 174 kishi. Shu qatorda kema kapitani va ko`pgina ekipaj a`zolari ham.