Gollandiyalik Shok Bakls kim oshdi savdosida o`zining “raqamli hayotini” 350 evroga sotib yubordi, deya xabar bermoqda ABC News.
Talabaning shaxsiy hayotini Gollandiyaning The Next Web Kompaniyasi sotib oldi.
Shon Baklsning “raqamli joni”ni uning aniq yashash manzili, barcha elektron pochtalariga, tibbiy daftarchasi, internet brouzerlar tarixi va ijtimoiy tarmoqlardagi barcha xatlarga kirish imkoniyati (turli xil messenjerlardagi ham) tashkil etadi.
Gollandiyalik talaba qilgan ishidan afsuslanmaydi, u shu yo`l bilan ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy ma`lumotlar daxlsizligi mavzusiga barchani e`tiborini qaratmoqchi.
Shon Bakls o`zining “raqamli hayotini” sotishini aprel oyi boshida e`lon qilgan edi.
Baklsning so`zlariga ko`ra, uning ma`lumotlarini sotib olgan kompaniya, ushbu ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy hayot daxlsizligi mavzusini o`rganish uchun foydalanadi.