my5
Sevimli

Denovlik jinoyatchi Samarqandda ushlandi

Jinoyat 05.02.2018, 14:53
Denovlik jinoyatchi Samarqandda ushlandi

Xalqimiz buzoqning yugurgani somonxonagacha, deb bejiz aytmagan. Lekin, Surxondaryo viloyati Denov tumani Qorako`z mahallasida yashovchi M.A. bu hikmatning ma`no-mazmunini 31 yoshida ham anglab etmabdi.

2016 yil iyun oyida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 246- va 276-moddalari 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochdi. Natijada jinoyat ishlari bo`yicha Denov tumani sudi tomonidan qidiruvga berildi. U bir yilu olti oy o`tib, Denov tumani ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida qo`lga olindi.

Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Шарҳлар