AsosiyDunyo

Avstraliya yo`qolgan avialaynerning havo qidiruv ishlarini yakunlamoqda

Mart oyida boshlangan Hind okeanida yo`qolgan layner qidiruv ishlari yakunlanmaydi, ammo kam sonli kemalargina o`z faoliyatini davom ettiradi, samolyotlardan esa foydalanilmaydi. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi Avstraliyadagi koordinasion qidiruv markazga tayanib xabar bermoqda. 

Avstraliyaning g`arbiy sohillaridan 2,5 ming km uzoqlikda yo`qolgan Boeing 777-200 qidiruv ishlari ikki oydan beri davom etmoqda. U erda har kuni 8-12 ta samolyot laynerning bo`laklarini topish maqsadida parvoz qilayotgan edi. Ammo, dushanba kuni  Avstraliya bosh vaziri Toni Abbott suv sathida laynerning bo`laklarini topilmasligini aytgan. "Shu tufayli qidiruv ishlari yangi bosqichga o`tadi va asosiy e`tibor suv ostiga qaratiladi",-dedi bosh vazir.

    Boshqa yangiliklar