my5
Sevimli

1100 AQSh dollari evaziga ishga kiritishni va`da qilgan hamshira qo`lga olindi

Jinoyat 06.02.2018, 17:29
1100 AQSh dollari evaziga ishga kiritishni va`da qilgan hamshira qo`lga olindi

Buxoro viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tadbirlar davomida, 1991 yilda Buxoro shahrida tug`ilgan, oilali, 2 farzandi bor, Buxoro shahridagi “Perenatal” tug`ruqxonasida hamshira bo`lib ishlovchi Xolova Shafoat Hasanovna, tanishini ishga joylashtirmoqchi bo`lgan fuqaro M.Hamidovdan 1100 AQSh dollarini olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan jinoyat ustida qo`lga olindi, deya xabar tarqatdi Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Buxoro viloyati IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар