Sevimli

1939 yilning "Oskar" mukofoti 150 ming dollarga sotildi

Dunyo 02.05.2014, 09:58
1939 yilning "Oskar" mukofoti 150 ming dollarga sotildi

1939 yil amerikalik kinooperator Gregg Toland qo`lga kiritgan "Oskar" mukofoti kimoshdi savdosida 150 ming AQSh dollariga sotildi.

Gregg Toland kino san`atidagi eng buyuk operatorlardan biri hisoblangan. U  mukofotni “Momoqaldiroqli dovon” filmini tasvirga olganligi uchun qo`lga kiritgan.

Shuningdek, Los-Anjelesda bo`lib o`tgan kimoshdi savdosida Jon Lennonning paltosi 31,2 ming dollarga, amerikalik aktyor Jon Ueynning shlyapasi 37,5 ming dollarga sotildi. Bundan tashqari Ledi Gaganing g`aroyib ko`ylaklaridan biri uchun ham 15,6 AQSh dollari berildi.

Шарҳлар