my5
Sevimli

Jinoyatga qo`l urgan ayol

Jinoyat 08.02.2018, 20:15
Jinoyatga qo`l urgan ayol

Farg`ona viloyati Bag`dod tumanida yashovchi Muhayyo Mamurovaga avval ham jinoyat sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi. Ammo u xatosidan to`g`ri xulosa chiqarmadi, yillar davomida mehridan, e`tiboridan bebahra bo`lgan 5 farzandi diydoridan o`zini yana benasib qildi.

2017 yilning yanvar oyida dastlabki tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo`lmagan “Ulug`bek” va “Maqsud” ismli Tojikiston Respublikasida yashovchi tanishlari bilan til biriktirib, 1 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasini O`zbekiston Respublikasi chegarasidan noqonuniy olib o`tishni rejalashtirdilar.

Telefon qo`ng`irog`idan so`ng sheriklari 3 ming AQSh dollariga baholangan ushbu giyohvandlik moddasini Bag`dod tumanining Do`rmoncha qishlog`iga olib kelib berishdi. Maxsus belgi ostida og`uni erga ko`mib qo`ydilar. Ikki kundan so`ng ushbu modda uchun 1300 dollar olib, qolgan qismini keyin berishga kelishishdi.

M.Mamurova giyohvandlik moddasini yashash xonadonida saqlab, fevral oyida uning 59,92 grammini qo`qonlik N.Tursunovaga 3 million 500 ming so`mga sotadi. 939,75 gramm qismini noma`lum kimsalarga etkazib berib, daromadga ega bo`ladi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida xonadonidan qora rangli sellofan paketga o`ralgan 0,33 gramm og`u daliliy ashyo sifatida olindi.

Шарҳлар