Janubiy Koreya sohillarida cho`kib ketgan “Sevol” yo`lovchi kemasi qurbonlari soni 226 nafarga etdi. Bu haqda Kiodo nashri xabar bermoqda.
76 kishi bedarak yo`qolgan hisoblanmoqda. Nashrning qayd etishicha, qutqaruvchilar ayrim halok bo`lganlarning jasadini voqea joyidan bir necha kilometr uzoqlikdan topishgan.
Eslatib o`tamiz, Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Sevol yo`lovchi kemasi halokatidan so`ng hukumat harakati uchun uzr so`ragan. Uning so`zlariga ko`ra, hukumat halokat oldini va effektiv qutqaruv ishlarini olib bora olmagan.
Shuningdek, mamlakat bosh vaziri Chon Xon Von halokat oldini olishdagi xatolarni tan olib, iste`fo bergan.