sevimli
Sevimli

Uch mamlakat yo`qolgan Boeing qidiruvi yuzasidan kelishuv o`tkazmoqda

Dunyo 05.05.2014, 10:31
Uch mamlakat yo`qolgan Boeing qidiruvi yuzasidan kelishuv o`tkazmoqda

Dushanba kuni Avstraliya, Malayziya va Xitoy hukumati yashil qit`a poytaxtida uch tomonlama kelishuvlar o`tkazishni boshladi.

Uchrashuvda ikki oy oldin yo`qolgan Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli layner qidiruv ishlari olib borilish darajasi ko`rib chiqilmoqda, deya xabar bermoqda Sinxua axborot agentligi.

Endi biz yuqori texnikani talab qiluvchi, suv osti qidiruv ishlari bilan shug`ullanamiz,-deydi Malayziya transport vaziri Xishamuddin Xuseyn. Uning so`zlariga ko`ra, kelishuvlarda qidiruv ishlari qay yo`sinda olib borilish masalasi hal qilinadi. Vazirning ta`kidlashicha, qidiruv ishlarida yordam berish uchun ko`pgina mamlakatlar o`z takliflarini bildirishmoqda.
Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 kishi bo`lgan.  

Шарҳлар