42

12 volt elektr energiyasini 380 voltga aylantirib beradigan innovasion qurilma yaratildi

Hi-tech 21.02.2018, 15:19
3769
12 volt elektr energiyasini 380 voltga aylantirib beradigan innovasion qurilma yaratildi

12 volt elektr energiyasidan 220 yoki 380 volt quvvat olish mumkinmi? Buning iloji yo`q, deyishga shoshilmang. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Abdinazar Nurmatov tomonidan yaratilgan innovasion qurilma ana shunday imkoniyati alohida qimmatga ega. Yana bir e`tiborli jihati, u to`liq muqobil energiya hisobiga ishlaydi.

— Mana, 40 yildan ortiq vaqt o`tibdiki, ayni shu masala ustida izlanaman, — deydi olim. — Bu esa 11 ixtiroga, 3 monografiya, 100 ortiq ilmiy maqola va tezislarga muallif va hammuallif bo`lishimga sabab bo`ldi. Buning samarasi o`laroq, yaqinda universitetimizning “Materiallar qarshiligi va mashina detallari” kafedrasida orzuimdagi innovasion ishlanmani yaratishga muvaffaq bo`ldik.

Shartli ravishda “Quyoshdan — suvbuloq” deb nomlangan qurilma yordamida quyosh nuridan 12 yoki 24 volt elektr energiyasi olinib, uning yordamida 12 volt quvvatda ishlaydigan er qa`ridan biplanetar uzatmali nasos orqali suv olinadi-da, obihayot 7-8 metr balandlikda to`nkarilgan konussimon sig`imda kunduz kuni yig`iladi. Tunda esa sig`imdagi suvning oquvchanligidan foydalanib, biplanetar uzatmali mikroGESga yo`naltiriladi va uning yordamida 220 yoki 380 volt elektr energiyasi hosil qilinadi. Eng asosiysi, bu loyihada odatda ishlatiladigan akkumulyatordan foydalanilmaydi.

Ixtiro muallifining aytishicha, majmua juda sodda bo`lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, uni ishlab chiqarish tannarxi 20-40 million so`m atrofida bo`ladi. Sarflangan mablag` esa atigi ikki yilda qoplanadi.

Innovasion ishlanmaning afzalligi shundaki, uning yordamida olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholi xonadonlarini nafaqat elektr energiyasi, balki toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta`minlash, qo`riq erlarni o`zlashtirish orqali tomorqa xo`jaliklarini ham rivojlantirish mumkin.

Комментарии