Долзарб мавзулар Foto

Haydovchilik guvohnomasini tekshiruvchi yangi qurilma yaratildi

Бўлимлар: Hi-tech
Теглар:
Добавлено: 22.02.2018, 12:07

Poytaxtimizdagi “Yashnobod” innovasiya texnoparki rezidenti bo`lgan “My Air Group IT Service” mas`uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan yana bir innovasion ishlanma yaratildi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri. Bu haydovchilik guvohnomalarini tekshirishning avtomatlashtirilgan tizimidir.

Ayni paytda amaliyotga tatbiq etishga tayyor ushbu loyihaning afzalliklari nimada?
— U mamlakatimiz ichki ishlar idoralari, xususan, Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari faoliyatida qo`l keladi, — deydi “My Air Group IT Service” kompaniyasi savdo ishlari bo`yicha direktor Saidaziz Mirzaev. — Mazkur tizimni amalga oshirish uchun ko`p funksiyali nazorat kassa mashinasi (KNKM) “ASA” qurilmasidan foydalaniladi. Ya`ni bu qurilma kamera orqali xodimning haydovchi bilan muloqotini videotasmaga yozib olish imkonini beradi.

IIV Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari avtomobilni to`xtatib, KNKM “ASA” qurilmasidagi “Hujjatlarni tekshirish” tugmasini bosadi. Shunda ushbu qurilma avtomatik tarzda kamerani ishga tushiradi.

Bundan tashqari, uskuna YHX xodimining transport vositasini to`xtatgan vaqtdan boshlab, avtomobil egasi bilan muloqotini uzluksiz ravishda yozadi. Bu esa xizmat vazifasini suiiste`mol qilish yoki haydovchi bilan qo`pol muomalada bo`lish kabi kelishmovchiliklarga chek qo`yadi. Buyurtmachining xohishiga ko`ra, yozuv avtomatlashtirilgan rejimda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida joylashgan serverga uzatilishi ham mumkin.

Haydovchilik guvohnomasi “ASA” qurilmasining tegishli nuqtasiga yaqinlashtirilsa, onlayn tarzda server bilan sinxronlashuv ro`y beradi va ekranda haydovchi haqidagi ma`lumot aks etadi. Shuningdek, yo`l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlariga doir ro`yxat (agar ular mavjud bo`lsa) ko`rinadi hamda intizomning buzilishi haqidagi axborot ifodalangan chek chiqarib beradi.

E`tiborlisi, ushbu qurilma orqali jarimani shu joyning o`zida to`lashingiz mumkin. Buning uchun NFC (kontaktsiz tranzaksiya) huquqlarini tekshirishdan so`ng, tegishli intizom buzilishi bo`limi tanlanib, so`ng “Jarimani to`lash” tugmasi bosiladi.

KNKM “ASA” barcha turdagi to`lov manbalari, ya`ni plastik kartochkalar, naqd pul, mobil ilovalarni qabul qiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA