my5
Sevimli

Yapon-o`zbek kinosida Zomin tabiati aks etadi (foto)

Madaniyat 23.02.2018, 12:01
Теглар: Foto
Yapon-o`zbek kinosida Zomin tabiati aks etadi (foto)

Hozirda O`zbekistonda yapon kinochilari suratga olish joylarini tanlash ishlarini davom ettirishmoqda. Loaded Films kinokompaniyasi mutaxassislari Toshkent shahridan keyin Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu ishchi sayohat mobaynida eng go`zal tabiat manzaralari va suv havzalari bilan tanilgan Jizzaxda yapon mehmonlarga Aydarko`l qirg`og`i tanishtirildi. Bu erdagi sohilbo`yi fauna va florasi, baliqchilar manzili, zamonaviy baliq fermalari, sohil bo`ylab qurilgan o`tov lagerlari kabi ob`ektlar birma bir o`rganildi.

Shundan so`ng mehmonlar Zomin tumaniga yo`l olishdi. Yapon ijodkorlari bir necha asrlik archa va yong`oq daraxtlari, chang`i uchish yo`laklari, qorli tog` va qalin o`rmon manzaralarini yaqindan o`rganib, bo`lajak film voqealarining bir qismini Jizzax tabiatida suratga olishga qaror qilishdi.

Eslatib o`tamiz, taniqli rejissyor Kiyoshi Kurosava tomonidan suratga olinadigan ushbu film Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “O`zbekkino” milliy agentligi hamkorligida amalga oshirilmoqda va Evropaning etakchi kinofestivallari uchun mo`ljallangan.

photo 2018-02-21 16-14-57

photo 2018-02-21 16-15-00

photo 2018-02-21 16-15-08

photo 2018-02-21 16-15-23

Шарҳлар

Mandarinlar to`kilib yotadigan shahar, kuyovlar bellashuvi sabab yaratilgan muhtasham teatr yoxud "Gladiator" qahramoniga aylanish siri. Bu maskan qaerda? (fotosayohat)

01.02.2021, 23:36

Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga «Pandemiya sharoitida turizm» loyihasi doirasida navbatdagi...
Antaliya dunyo sayyohlarining sevimli maskani. Chunki... (fotosayohat)

31.01.2021, 02:50

Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga «Pandemiya sharoitida turizm» loyihasi doirasida navbatdagi...
Bir kunda to`rt fasl... Yoxud Kappadokiya bag`ridagi vodiylar afsonami yoki haqiqat? (fotosayohat)

29.01.2021, 02:07

Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istanbul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga navbatdagi sayohat uyushtirildi. Ayni paytda biz...
Dunyoda yagona 8 qavatdan iborat er osti shahri qaerda? U erga borishga undovchi 5 sabab (foto)

28.01.2021, 01:43

Avval xabar qilganimizdek, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istambul, Antaliya va Kappadokiya shaharlariga navbatdagi sayohat uyushtirildi. Sayohatimizning uchinchi kuni...