my5
Sevimli

​Prezidentlar uchun Deshanbeda o`zbekistonlik san`atkorlar kuylashadi

Madaniyat 27.02.2018, 15:53
​Prezidentlar uchun Deshanbeda o`zbekistonlik san`atkorlar kuylashadi

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoev 9-10 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi. Tashrif chog`ida O`zbekiston Prezidentiga Tojikiston milliy universitetining fan doktori faxriy unvoni berilishi kutilmoqda. Shuningdek, turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko`rib chiqilib umumiy qiymati 15-20 million dollar bo`lgan 20 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Dushanbega birinchi davlat tashrifi doirasida O`zbekiston va Tojikiston san`at ustalarining «Do`stlik oqshomi» deb nomlangan konsert dasturi namoyish etiladi. Tojik OAVning xabariga ko`ra, prezidentlar uchun Yulduz Usmonova kuylaydi.

Xabarda aytilishicha, konsert 9 mart kuni «Ko`hi Borbad» kinokonsert majmuasida bo`lib o`tadi. Konsertda o`zbekistonlik san`atkorlardan shuningdek, Sherali Jo`raev, Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov chiqish qiladi. Tojikistondan Davlatmand Xolov, Nigina Amonqulova, opera qo`shiqchisi Rustam Duloevlar sahnaga chiqishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga ilk davlat tashrifi 9-10 mart kunlariga mo`ljallangan. Tashrif arafasida Dushanbeda O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`rgazmasi bo`lib o`tadi.

Шарҳлар