sevimli
Sevimli

Braziliyalik tez SMS terish bo`yicha rekord o`rnatdi (VIDEO)

Dunyo 16.05.2014, 16:16
Braziliyalik tez SMS terish bo`yicha rekord o`rnatdi (VIDEO)

17 yoshli braziliyalik Marsel Fernandes Filxo tez SMS yozish bo`yicha rekord o`rnatdi. 

Yigit o`zining Samsung Galaxy S5 smartfonida ingliz tilidagi The razor-toothed piranhas of the genera Serrasalmus and Pygocentrus are the most ferocious freshwater fish in the world. In reality they seldom attack a human (Serrasalmus va Pygocentrus  turkumidagi o`tkir tishli piraniyalar dunyodagi eng agressiv baliqlar. Aslida ular odamlarga ko`p hujum qilishmaydi) gapini 18,19 soniya ichida yozdi. 

Musobaqada qatnashish uchun Marsel Nyu-Yorkka tashrif buyurdi. Ushbu rekord yigitcha tomonidan uning smartfoniga o`rnatilgan Fleksy Keyboard ilovasi yordamida o`rnatildi.

Шарҳлар