Sevimli

Chevrolet Cobalt bozordan bemavrid qaytarib olingani uchun GM $35 mln jarimaga tortildi

Dunyo 19.05.2014, 15:42
Chevrolet Cobalt bozordan bemavrid qaytarib olingani uchun GM $35 mln jarimaga tortildi

Kompaniya yoqilish tizimidagi nosozlik sababli halok bo`lgan 12 kishi va yuz bergan 34 ta halokat haqida ma`lumot olgan.

General Motors Amerika avtokonserni yoqilish tizimidagi nuqson sababli savdodan bemavrid qaytarib olgan Chevrolet Cobalt avtomobili uchun 35 mln AQSh dollar miqdorida jarima to`lashga rozi bo`ldi, bu haqda AQSh transport Vazirligi xabar berdi.

Avvalroq trassalarda harakat xavfsizligini boshqarish Amerika milliy boshqarmasi (NHTSA) GM kompaniyasiga nisbatan 1,6 mln avtomobilni tekshirishni boshlash yuzasidan tergov ishini boshladi.

Qonunchilikka ko`ra, avtokonsern transport departamentini avtomobil nuqsoni haqida besh kunlik muddatda ogohlantirishi, shundan so`ng avtomobillarni savdodan qaytarib olish majburiyatini oladi. Biroq avtokonsern ushbu talabni bajarmagan, deya ta`kidladi vazirlik.

Xabar berilishicha, avtomobil yoqilishidagi nuqson uning tizimda o`chib qolishiga olib kelishi mumkin. 

Шарҳлар