42

Uyqu falajligi haqida 13 ta hayratomuz fakt

Salomatlik 02.03.2018, 11:40
4493
Uyqu falajligi haqida 13 ta hayratomuz fakt

Yarim tunda uyg`onib ketdingiz va ustingizdan kimdir bosayotganini sezasiz, lekin qimirlay olmaysiz va gapirolmaysiz ham. Kimdir ustingizga o`tirib olib, qo`l- oyog`ingizni to`shagingizga mixlab qo`yganday... Sarosimaga tushasiz, ko`zingizga allaqanday narsalar ko`rinib, qulog`ingiz ostida g`alati tovushlar yangray boshlaydi. Buni xalq tilida "shayton bosishi" deymiz. Bu holat nima o`zi?

Ilmiy tilda bu – uyqudagi falajlik bo`lib, inson miyasi faoliyatida kamdan-kam uchraydigan g`alati hodisasi hisoblanadi.

1. Uyqu falajligi Er yuzida yashovchi aholining kamida 8 foizida yuz beradigan holat bo`lib, bunda qandaydir vaqt oralig`ida mushaklar qisqarishi batamom to`xtaydi.

2. Uyqu falajligi paytida gapirish, oyoq-qo`lni ishlatish, hattoki boshni qimirlatishning ham imkoni bo`lmaydi. Biroq bir maromda nafas olinib, atrofdagi hodisalarni anglab turiladi.

3. Uyqu falajligi asosan ilk bor o`smirlik davrda yuz beradi, keyinchalik 20-40 yoshgacha tez-tez uchrab turishi va yosh ulg`aygan sari davom etib turishi ham mumkin.

4. Uyqu falajligi nasldan naslga o`tishi, ammo istalgan inson hayotida yuz berishi ham mumkin. Uning asosiy sabablari: uyqusizlik, qattiq hayajon, kun tartibining almashinuvi va chalqancha (osmonga qarab yotgan holda) uxlash.

5. Insoniyat taraqqiyotining turfa davrlarida bu holat turlicha tushunilgan. Qadimda odamlar buni shayton yoki jin bosishi, deb hisoblashgan.

6. Uyqu falajligidan bir nechta harakat yo`llari bilan xalos bo`lish mumkin. Masalan: panjalarni qimirlatishga urinib ko`rish, qo`lni musht qilib ko`rish yoki yo`talib ko`rish.

7. Uyqu falajligi miya uyg`onib, tana hali uyqu holatida bo`lganda yuz berishi mumkin.

8. Uyqu falajligi – eng qo`rqinchli holatlardan biri, u odamni vahimaga solib qo`yadi, ammo organizm uchun xavfsizdir. Shunga qaramay, uning davomli yuz berishi uyqu buzilishiga olib kelishi mumkin.

9. Uyqu falajligi uxlashni boshlaganda yoki uyqudan uyg`onish pallasida yuz berishi mumkin.

10. Uyqu falajligida atrofdan portlashga yoki gumburlashga o`xshash ovozlar eshitiladi.

11. Ayrim hollarda quloq ostida kimningdir vahimali shivirlashlari, javrashlar yoki qandaydir gaplar aniq eshitilib turadi.

12. Yana ayrim hollarda kimdir yuqoridan qattiq bosishi yoki bo`g`ishi seziladi. Buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Bundan tutqanoq yuz berishi ham mumkin.

13. Uyqu falajligi yuz berganida yoshi ulug`larimizning ta`kidlashlaricha, duolar o`qish, kalima keltirib turishi uxlashdan avval tahorat olish, ham yaxshi samara beruvchi choradir.

Agar bunday holat tez-tez takrorlanib tursa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Комментарии