Sevimli

Maxsus xizmat yuzlab xakerlarni qo`lga oldi

Dunyo 20.05.2014, 14:55
Maxsus xizmat yuzlab xakerlarni qo`lga oldi

Federal qidiruv byurosi va Evropol dunyo bo`ylab yuz minglab kompyuterlarni kuzatishda gumon qilingan xakerlarni qo`lga oldi.

AQSh, Evropa, Astraliya va Osiyo huquqni ximoya qilish organlari ishtirokida o`tkazilgan ikki kunlik maxsus operasiya natijasida 16 mamlakatdan Blackshades josus virusini sotgan va harid qilgan 97 kishi qo`lga olindi. Bu haqda Guardian nashri xabar bermoqda.

300 ga yaqin xonadonda qidiruv ishlari o`tkazildi. Uning natijasida ma`lumotlarni saqlovchi minglab xotira qurilmalari, qurollar va giyohvand moddalar qo`lga olindi.  Federal qidiruv byurosining bergan ma`lumotlariga ko`ra, Blackshades virusidan 500 mingta kompyuter zararlargan va buning oqibatida ko`plab foydalanuvchilar o`zlarining shaxsiy va moliyaviy ma`lumotlarini yo`qotishgan. 

Blackshades kompyuterni masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi dastur turkumiga kiradi (Remote Administration Toll, RAT). Ushbu dasturga GoTyMyPC kabi hech qanday ta`qiq yo`q. Uning yordamida  masofadan turib uy kompyuterini boshqarish mumkin. 

Ammo, Blackshades dasturining bir qator qora tomonlari ham bor. Dastur DDoS-hujum, veb-kamera yordamida kuzatuv, klaviaturadan foydalangan tugmalar ketma-ketligini,  URL-manzillar, zararli dasturlar yuklash imkonini beradi. Maxsus xizmatlar xabariga ko`ra, ushbu dastur orqali xakerlar 350 ming AQSh dollarga yaqin daromad olgan.

Шарҳлар