Sevimli

Xosni Muborak va uning ikki o`g`li ozodlikdan mahrum qilindi

Dunyo 21.05.2014, 16:25
Xosni Muborak va uning ikki o`g`li ozodlikdan mahrum qilindi

Misr sobiq prezidenti Xosni Muborak poraxo`rlik ishi yuzasidan 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari u 21 million misr funti (3 million AQSh dollari) miqdorida jarima to`lashi lozim. Ushbu qarorni bugun Qohira jinoiy sudi qabul qildi, deb yozadi ITAR-TASS axborot agentligi.  

Prezident saroyini restavrasiya qilish paytida amalga oshirilgan korrupsiya ishi yuzasidan sud ishi o`tgan yilning fevral oyida boshlangan edi. Sobiq mamlakat rahbari va uning ikki o`g`lini davlat xazinasidan prezident saroyini qayta ta`mirlash uchun ajratilgan mablag`dan 125 million Misr funt (18 million AQSh dollari) miqdorida pul o`g`irlaganlikda ayblashdi. 
Ayblanuvchilarning advokatlari ularga qo`yilgan ayblov asossiz ekanligini isbotlamoqchi bo`lishdi. Shu qatorda ayblov qog`ozidagi keltirilgan bino prezident saroyiga aloqasi bo`lmagan razvedka xizmati binosi ekanligini aytishdi. Biroq sud ularni aybdor deb topdi.  

Шарҳлар