Sevimli

Urumchida qo`poruvchilik harakati amalga oshirildi

Dunyo 22.05.2014, 11:05
Urumchida qo`poruvchilik harakati amalga oshirildi

Xitoyning Urumchi shahridagi bozorda avtomobil portladi, buning oqibatida 31 kishi halok bo`ldi va 90 dan ortig`i yaralandi. 

Sinxua agentligining xabar qilishicha, 22 may kuni mahalliy vaqt bilan tonggi 8:00 da ikkita avtomobil bir guruh odamlarni ichiga kirib borib, portlovchi vositalarni ota boshlashgan va avtomobillardan biri portlagan. 

Mazkur voqeani terroristik hujum deb atashdi. Hozirda voqea joyida huquqni himoya qilish  organlari xodimlari ish olib bormoqda.

Шарҳлар