my5
Sevimli

Singapurlik blogerlar O`zbekistonni reklama qiladi

Madaniyat 15.03.2018, 15:28
Singapurlik blogerlar O`zbekistonni reklama qiladi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Singapurning “Changi” aeroporti bilan hamkorlikda mamlakatimiz sayyohlik salohiyati va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida “Halalfoodblog.com” vakillarini O`zbekistonga taklif qildi.

Bu haqda Milliy avikompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Ta`kidlanishicha mehmonlar infotur davomida o`zbek xalqining urf-odatlari, tarixi, madaniyati, milliy oshxonasi bilan yaqindan tanishadi, islom merosining muqaddas joylarini ziyorat qiladi. Singapurlik blogerlar O`zbekiston haqidagi taassurotlarini foto va videolavhalarga jamlab, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, “Halalfoodblog.com”, “Changi” aeroportinining rasmiy saytiga joylashtirib boradi.

Xabarda loyiha ishtirokchilariga “O`zbekiston havo yo`llari” tomonidan Singapur-Toshkent-Buxoro va Toshkent-Singapur yo`nalishlari bo`yicha bepul aviachiptalar taqdim etilgani ma`lum qilingan.

Infotur bugun yakunlanadi.

Шарҳлар